Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmonida:
➖ 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga koʻchirilishi belgilangan.
👉 Shunga asosan:
➖ 2026-yil 11-may kuni — umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun (11-may kuni belgilangan) dars soatlari tashkil etiladi(boshlangʻich sinf o‘quvchilari bundan mustasno).
➖ Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2026-yil 11-may — dam olish kuni hisoblanadi.
👉
Maʼlumot uchun:nodavlat taʼlim muassasalarida dam olish kunlarini belgilash mazkur taʼlim muassasalarining oʻz ichki tartib-qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.