Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-июнь 2026, 22:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova vazirlik tizimidagi hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlar va Pedagogik mahorat markazlari matbuot kotiblari bilan uchrashdi


Unda tizimdagi matbuot xizmatlari faoliyatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, Vazir o‘z so‘zida bugungi globallashuv davrida sohada olib borilayotgan islohotlarni yurtdoshlarimizga sodda va ta’sirchan usulda yetkazish, mavjud masala va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan muammolarga xolis va tezkor munosabat berib borish axborot xizmatlari oldida turgan muhim masalalardan biri ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘nggida matbuot kotiblari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda keltirilgan masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning 9-10-iyun kunlari “Zamonaviy matbuot xizmati: strategik kommunikatsiyalar va raqamli kontent” mavzusidagi o‘quv-treninglari tashkil etilmoqda
Unda vazirlik hududiy boshqarmalari, Pedagogik mahorat markazlari va tizim tashkilotlari matbuot kotiblari qatnashmoqda. 
Jarayonlar Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan.