Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 23-сентябрь 2026, 00:09
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan "Kasbiy mahorat yetakchisi"  tanlovi g‘olibi aniqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan "Kasbiy mahorat yetakchisi"  tanlovi g‘olibi aniqlandi 

Gʻolib 616 mln soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga koʻra, joriy yilning sentabr oyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi tashkil etildi.

➖ Unda hududlardagi Pedagogik mahorat markazlari direktorlari ishtirok etdi hamda ularning kasbiy faoliyati belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Tanlovning dastlabki bosqichida maxsus Ishchi guruh aʼzolari tomonidan ishtirokchilarning faoliyat natijalari toʻrtta yoʻnalish boʻyicha tahlil qilindi. Xususan:

➡️ nomzodlarning oʻz hududida taʼlim sifatini oshirish;
➡️ Pedagogik mahorat markazlarida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash;
➡️ zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish;
➡️ markazlarni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi boʻyicha erishilgan natijalar koʻrib chiqildi.

Keyingi bosqichda nomzodlar Tanlov komissiyasi aʼzolari ishtirokida loyiha ishi boʻyicha oʻz taqdimotlarini oʻtkazishdi. Ikki bosqich sinov natijalari umumiy 100 ballik reyting asosida baholandi.

Tanlov komissiyasining yakuniy xulosasiga koʻra, eng yuqori natija koʻrsatgan:

➖ Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Berdaliyeva Gulasal Abdukunduzovna “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi gʻolibi, deb topildi.

Qarorga asosan, tanlov gʻolibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari miqdori (hozirda 616 mln soʻm)dagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.