Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 12-октябрь 2026, 21:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Mavjud strategiya va dasturlar ijrosi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Erkinjon Turdimov sohadagi muammolarni chuqur o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va natijasini ta’lim muassasalari faoliyatida namoyon etish zarurligini ta’kidladi.
Muloqot yakunida mas’ullarga ta’lim sifatini yaxshilash va kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan aniq taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.